Jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tumani sudi raisi Alişer Jalilov raisligida ötkazilgan mahkamada 60 yoşdan oşgan Farhod Turobovga (ism-şarif özgartirilgan) oid jinoyat işi körib çiqildi. Qiziği, javobgarlikka tortilgan şaxs şu paytga qadar naq 6 marta sudlangan va har xil jazolarga tortilgan edi.
Xususan, u 2010 yildan 2018 yilgaça Jinoyat işlari böyiça Muborak, Vobkent, Yunusobod, Yaşnobod tumanlari hamda Farğona va Samarqand şaharlari sudlari tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan aybli deb topilgan. Unga ikkita holatda qariyb 15 mln sömga yaqin jarima jazosi, 2 ta holatda iş haqining ma’lum bir qismini davlat daromadiga uşlab qolgan holda axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan. Turobovga ikki bor imkoniyat berilgan: tayinlangan jazodan muddatidan ilgari şartli ozod qilingan, sudlanganlik holati tugallangan.
Ana şunday “boy tarix va tajribaga” ega bölgan şaxs bu safar navbatdagi öljani ham osongina ilintirmoqçi böladi: jiyanini öqişga kiritiş niyatida yurgan odamga Toşkent yuridik universiteti rektori bilan şaxsan tanişligini, bundan taşqari Toşkent şahar hokimi bilan yaqin munosabatda ekanini, rektor hokimning iltimosini yerda qoldira olmasligini aytib, öqişga kiritiş evaziga 10 ming dollar söraydi.
Poytaxtdagi kafelardan birida kelişilgan pulni olayotgan paytida tezkor tadbir doirasida qölga olingan Farhod Turobov şu tarzda 7-marta sudning kursisiga ayblanuvçi sifatida ötirdi.
Sud hukmiga köra u Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi hamda unga 8 mln 330 ming söm jarima va 4 yil ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida uning qamoqda saqlangan har bir kuni bazaviy hisoblaş miqdorining ikkidan bir qismiga tenglaştirilib, tayinlangan jarima jazosi qoplangan deb hisoblandi va 4 yil ozodlikni çeklaş jazosi qoldirildi. Sudlanuvçiga nisbatan qöllangan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi bekor qilinib, u ozod qilindi.
Sud yengilroq jazo tayinlangani sababi sifatida yetkazilgan moddiy zararni qoplagani, pensiya yoşida ekani, kasalligi, qilmişidan çin köngildan puşaymonligi körsatilgan.
Sud materiali asosida Abror Zohidov tayyorladi.
















