Ijtimoiy tarmoqlarda Qarşi şahrida joylaşgan salomatlikni tiklaş şifoxonasida portlaş sodir bölgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati holatni tasdiqladi.

Ma’lum bölişiça, 2022 yil 24 dekabr kuni tongda Qarşi şahar Ravoq mahallasida joylaşgan viloyat SSVga qaraşli şifoxonaning ikkinçi qavatidagi xonalardan birida gaz bosimi ortib ketgan va portlaş sodir bölgan.

Oqibatda, ikki nafar fuqaro tan jarohatlari olib, şifoxonaga yotqizilgan. Şuningdek, binoning ikkinçi qavati mutlaqo yaroqsiz holga kelgan.

Hodisa haqida 24 dekabr soat 7:00 larda Qarşi şahar IIO FMB 4-sonli IIB navbatçilik qismiga xabar berilgan.

Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















