Muloqot çoğida «Sirdaryo viloyatida EDF (Fransiya), Nebras Power (Qatar), Sojitz Corporation va Kyuden International (Yaponiya) konsorsiumi tomonidan quvvati 1600 MVt bölgan buğ-gaz elektr stansiyasini quriş» loyihasini amalga oşirişni yanada jadallaştiriş masalalari muhokama qilindi.

Yaponiya kompaniyalari vakillari loyihani ilgari surişda körsatilgan yordam uçun minnatdorlik bildirib, 2023 yil fevralidan quriliş-montaj işlarini boşlaş rejalarini ma’lum qilişdi.

JBIC rahbariyati moliyalaştiriş uçun bank tayyor ekanligini bildirib, uşbu loyiha Özbekistonda birinçi bölib suveren kafolatsiz amalga oşirilayotganini ta’kidladi.

Uçraşuvda Sojitz Corporation va Kyuden International kompaniyalari bilan qayta tiklanadigan energiya, vodorod energetikasi, kimyo va soğliqni saqlaş sohalarida davlat-xususiy şeriklik loyihalarini hamkorlikda amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi.