Köpçilik ayollarga qilinayotgan zöravonlikning ildizi iqtisodiy yöqçilikda deb biladi. Lekin unday emas. Yetişmovçilik bölsa ham tinç-totuv, baxtli yaşayotgan oilalar bor.
Qaçonki jamiyatimizda ayollarga, bolalarga va hayvonlarga bölgan munosabat özgaradi, şundagina zöravonlik kamayadi. Nima uçun hayvonlarga? Çunki barçasining ildizi bir. Agar bola yoşligidan tirik jonga şafqatsiz munosabatda bölsa, bu ruhiy holat butun jamiyatga tarqaladi. Şu qahri qattiqlik bilan katta bölgan odam özidan zaif odamlarga zöravonlik qiladi.
Çet elda şunday amaliyot joriy qilingan: ruhiy, jismoniy zöravonlikka uçragan, tuşkunlikka tuşgan insonlarning klublari bor. Ular bir yerga yiğilib, davra bölib bir-birining dardini tinglaydi. Maslahatlar beradi. Bizda hanuz bunday klublar mavjud emas.
Muammoning yeçimini özaro hal qilsa böladi. Köp narsa insonning ruhiy holatiga boğliq. Qaçonki, özidan zaif bölganlarga munosabat özgarsa, ana öşanda jamiyat özgaradi.

«Boşimdan ötgani uçun tuşunaman»
Nima uçun öz joniga qasd qiliş holatlari köpaymoqda? Hatto bolalari bilan birga öz joniga qasd qilayotgan ayollar bor. Özim boşimdan şunday narsa ötgani uçun ularni yaxşi tuşunaman. Köziga boşqaça yöl körinmaydi, töğri yöl körsatadigan, yonidan çiqadigan odami ham bölmaydi. Mahallaga çiqsa «çida, tilingni tiy, yaraş, uyingda ötir», deyiladi. Uyiga borsa ham şu gapni eşitadi.
«Bolam ham şu narsani körmasin», deya ayol xato qilib qöyayotganini bilmaydi. Özini suvga taşlaydi, osadi... Lekin bu muammodan çiqiş yöli emas. Buni avvalo tarbiyada singdiriş kerak.
Qiz bola böladimi, öğil bola böladimi, maktabdan jinsiy tarbiya kerak. Jinsiy tarbiyaga bir taraflama qaraş kerak emas. Avvalo, oiladagi munosabatlar, özaro hurmat, oilaga tayyorgarlik. Buni maktabdan örgatiş kerak.
Sababi, jamiyatimizda hozir şunday tendensiya borki, farzandining tarbiyasini butunlay maktabga taşlab qöygan. Nimadir xato qiladigan bölsa, kim aybdor — maktab aybdor. Buni ota-onalar tuşungan holda, avvalo oilada bolaga tarbiya berişi kerak.
















