Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada koronavirus pandemiyasi tugadi
Qish yakunlanganidan so‘ng, aholida koronavirusga qarshi immunitet shu qadar barqaror bo‘ladiki, virus yozda ommaviy ravishda tarqala olmaydi.
Germaniya COVID-19 pandemiyasining tugashini rasman tan oldi.
Tagesspiegel xabariga ko‘ra, mamlakat aholisi qishki kasalliklarning birinchi to‘lqinini ishonchli tarzda yengib o‘tadi.
«Mening baholashimga ko‘ra, bu qishda biz koronavirusning birinchi endemik to‘lqinini boshdan kechirmoqdamiz. Bu pandemiya tugaganini anglatadi», dedi «Charite Berlin» klinikasi virusologiya bo‘limi boshlig‘i Kristian Drossen. U Germaniya federal hukumatidagi koronavirus masalasi bo‘yicha kengash tarkibiga ham kiradi.
Uning fikricha, qish oxirida aholida koronavirusga qarshi immunitet shu qadar keng tarqalgan va barqaror bo‘ladiki, virus yozda ommaviy ravishda tarqalib ketishi dargumon.
Xitoyda avj olgan COVID-19 to‘lqiniga baho berarkan, Drossen asosiy xato aholi orasida, ayniqsa keksalarda emlash haqida to‘liq ma’lumot yo‘qligida ekanini ta’kidladi.
«Germaniya va umuman Yevropadagi emlash kampaniyasi pandemiyaga qarshi kurashda hal qiluvchi qadam bo‘ldi. Bundan tashqari, COVID-19 tarqalishi sababli kiritilgan cheklovlar mutlaqo o‘zini oqladi», dedi virusolog.
Mavzuga oid
12:02 / 24.02.2025
Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga munosabat bildirdi
10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi
10:01 / 24.02.2025
Mers Germaniyada hukumatni tezroq shakllantirishga chaqirdi
09:10 / 24.02.2025