
Toşkentning Şayxontohur tumanidan oqib ötuvçi Jangoh, Çuqurköprik va Zaxariq kollektorlari yopiq holatga olinib, kollektorlar usti va unga tutaş hududda avtomobil yöli, yaşil maydonlar, piyodalar va velosiped yölaklari quriladi.
Bu boradagi işlarning 1-bosqiçini amalga oşiriş böyiça davlat buyurtmasi "Discover Invest" MÇJga berildi. Kompaniya tenderda 307,8 mlrd söm taklif bildirgan.
Tenderni Toşkent şahar hokimligi huzuridagi “Daryo böyi business city tadbirkorlik markazini quriş va ekspluatatsiya qiliş direksiyasi” unitar korxonasi ötkazgan.

16 iyuldan 2 avgustgaça ötkazilgan bu tender natijalari böyiça, işlarni 657 kunda tugatiş şarti bilan, buyurtmaçi va "Discover Invest" MÇJ örtasida 307 815 495 632 sömlik şartnoma tuziş böyiça bayonnoma rasmiylaştirilgan. Tenderning zaxira ğolibi sifatida "Mimar Group" MÇJ tanlangan.
"Discover Invest" MÇJ kimniki?
Davlat reyestriga köra, "Discover Invest" MÇJ 2008 yilda davlat röyxatidan ötkazilgan. Kompaniyaning 56,9 foiz uluşiga Isroilov Ismoil Erkinoviç, 43,1 foiz uluşiga esa Zohidov Abdurasul Abdusattoroviç egalik qiladi.
Ismoil Isroilov Kolorpak, Teleradiokompaniya ZÖR kabi qator MÇJlarda ham uluşlarga ega. Avvalroq Kun.uz uning ta’sisçiligidagi "Kolorpak" MÇJ 2022/23 öquv yili uçun maktab darsliklari böyiça buyurtmalarning katta qismini qölga kiritganiga
















