Xalq ta’limi vazirining birinçi örinbosari Usmon Şarifxöjayev Xalqaro Press-klubning sessiyasida yangi avlod darsliklarini çop etiş haqida fikr bildirib ötdi.

“Yangi darsliklarni çop etiş jarayoni oçiq va şaffof böladi. Zamonaviy darsliklarni yaratişda budjetdan mablağ sarflanmagan. Ular sinovdan ötsa, davlatga bepul beriladi. Darslik yaratiş qiyin va qimmat jarayon. Ammo yangi darsliklar uçun budjet mablaği sarflanmadi”, — deya ma’lum qildi Usmon Şarifxöjayev.

Şavkat Mirziyoyev 29 dekabr kuni “Ta’lim sifatini oşiriş – Yangi Özbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona töğri yölidir!” mavzusidagi zamonaviy darsliklar körgazmasi bilan tanişgandi.

Prezidentga taqdimot qilingan yangi avlod darsliklari orqali öquvçilar nafaqat fanlarni, balki XXI asrda zarur bölgan hayotiy könikmalarni ham örganadi.