Prezidentning “Özbekistonning 2023-2025 yillarga möljallangan investitsiya dasturini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
2023-2025 yillar uçun quyidagilar tasdiqlandi:
- Markazlaşgan va markazlaşmagan investitsiyalarni özlaştirişning yiğma maqsadli körsatkiçlari;
- tarmoqlar va hududlar kesimida investitsiya va kreditlarni özlaştirişning maqsadli körsatkiçlari.
Taşqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantiriş va texnik jihatdan tartibga soliş masalalari böyiça Hukumat komissiyasi yirik işlab çiqariş obektlari va quvvatlarida amalga oşirilayotgan işlar böyiça oylik monitoring örnatilişi va ularning öz vaqtida işga tuşirilişini ta’minlaydi.
Dastur ijrosi natijalari, şu jumladan investitsiya loyihalarini amalga oşiriş böyiça kompleks tarmoq jadvallarining bajarilişi har oyda Prezident Administratsiyasiga kiritib boriladi.
Şuningdek, 2023 yil uçun quyidagilar tasdiqlandi:
- investitsiya va kreditlarni özlaştiriş böyiça yiğma manzilli dastur;
- işga tuşiriladigan yirik işlab çiqariş obektlari va quvvatlarining manzilli röyxati;
- strategik investitsiya loyihalari röyxati;
- Özbekiston nomidan yoki Özbekiston kafolati ostida xorijiy kreditlar jalb qilingan holda amalga oşiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli röyxati;
- töğridan töğri xorijiy investitsiya va kreditlar jalb qilingan holda amalga oşiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli röyxati va boşqalar.
Vazirliklar, idoralar, xöjalik birlaşmalari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari - loyihalar taşabbuskorlariga Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2023 yil 20 yanvarga qadar har bir investitsiya loyihasi böyiça ularni amalga oşirişning oylar kesimidagi kompleks tarmoq jadvallarini işlab çiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritiş topşirildi.
Davlat taşqi qarzi jalb qilinişi rejalaştirilayotgan yangi investitsiya loyihalarining konsepsiyalari işlab çiqilib, 2023 yil 5 fevralga qadar Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligiga kiritilişi lozim.

















