Xalqaro sudga murojaat qilingan rezolyutsiyani BMT Boş assambleyasining 87 a’zosi qöllab-quvvatladi, 26 a’zo, jumladan Germaniya, AQŞ va Isroilning özi qarşi çiqdi.

Birlaşgan millatlar taşkiloti Boş assambleyasi Haagadagi Xalqaro suddan Isroilning Ğarbiy Sohil va Ğazo sektoridagi Falastin hududlarini bosib olişining huquqiy oqibatlarini baholaş va xalqaro hamjamiyat uşbu huquqiy vaziyatda qanday harakat qilişi kerakligi haqida tavsiyalar berişni söradi. Tegişli rezolyutsiya uçun 31 dekabrga ötar keçasi 87 mamlakat ovoz berdi. Yana 26 davlat, jumladan Germaniya, AQŞ va Isroil qarşi çiqdi, 53 davlat betaraf qoldi.

Xalqaro sud BMTning davlatlar örtasidagi nizolarni körib çiqadigan oliy sud organi bölib, uning qarorlari majburiydir, garçi sud bu qarorlarni ijro etiş huquqiga ega emas. Haagadagi sud oxirgi marta 2004 yilda Isroil va Falastin örtasidagi mojaroni körib çiqib, Isroilning Falastin hududlarini ajratib turuvçi ajratuvçi tösiğini noqonuniy deb topgan edi. Isroil sudni siyosiy motivlarda ayblab, bu qarorni tan olmadi.

BMT Boş assambleyasida rezolyutsiyaga ovoz beriş arafasida Isroil bu harakatga qarşi çiqdi. «Heç bir xalqaro taşkilot yahudiy xalqini öz vatanida «bosqinçi» deb qaror qila olmaydi. Ma’naviy jihatdan oqsoq va siyosiylaşgan BMTdan mandat olgan sud organining har qanday qarori mutlaqo noqonuniydir», - dedi Isroilning BMTdagi doimiy vakili Gilad Erdan. U Boş assambleyaning uşbu yiğilişiga kelmadi, Qöşma Ştatlar Isroil nomidan ovoz berdi. Öz navbatida, Falastinning doimiy vakili Riyod Mansur rezolyutsiyani qöllab-quvvatlagan davlatlarga minnatdorçilik bildirdi.