Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat yaratilgan yangi ish o‘rinlarini hisobga olish tartibini tasdiqladi
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining «Yaratilgan yangi ish o‘rinlarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi.
Nizomga asosan tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan, yakka tartibdagi tadbirkorlar, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar, dehqon xo‘jaliklari hisobidan yaratilgan yangi ish o‘rinlarini hisobga olish tartibi belgilanmoqda.
Yaratilgan yangi ish o‘rinlari Davlat soliq qo‘mitasining avtomatlashtirilgan tizimi orqali hisobga olinadi.
Fermer xo‘jaliklari, klasterlar, turizm, ipak qurtini ko‘paytirish va qurilish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslardagi mavsumiy ish joylari ham ish o‘rni hisoblanadi.
Yaratilgan yangi ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar hisobot davri yakuni bilan soliq hisobotlarini taqdim etishdan so‘ng 5 kunda avtomatlashtirilgan dasturda shakllantiriladi.
Mavzuga oid
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
15:09 / 07.01.2026
Ishga joylashtirish bo‘yicha hukumatlararo kelishuvlar soni oshiriladi
16:54 / 25.12.2025