Şerzod Davlatoviç Qudbiyev Özbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga tayinlandi.
Şerzod Qudbiyev 1981 yil Farğona viloyatida tuğilgan. 2000 yilda Farğona politexnika institutini moliya va kredit mutaxassisligi böyiça tamomlagan. 2007 yilgaça şu institutda işlagan.
2007-2010 yillarda Bandlik va ijtimoiy himoya vazirligida turli lavozimlarda işlagan, 2010-2016 yillarda Vazirlar Mahkamasida faoliyat yuritgan.
2016-2018 yillarda Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumani hokimi bölgan, 2018-2019 yillarda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga rahbarlik qilgan, 2019-2020 yillarda prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qiliş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimida faoliyat yuritgan, 2020 yil mayidan buyon Davlat soliq qömitasiga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Prezidentning 2022 yil dekabridagi farmoni bilan Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi birlaştirildi, yangi vazirlik Davlat soliq qömitasi va Davlat bojxona qömitasini ham öz içiga oldi.
Davlat bojxona qömitasi raisi lavozimida işlab kelgan Akmalxöja Mavlonov endi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qömitasi raisi lavozimida işlaşda davom etadi.

















