Öquvçi qizning daryoni qayiqda suzib ötayotgani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab böldi. Kimdir hali ham şunday hududlar borligidan hayratlangan bölsa, boşqalar qizning jasoratiga tasanno aytişdi. Turgan gapki, 12 yoşli qizning yolğiz qayiq boşqarişiga yöl qöyişgani uçun, ota-onasini, hudud mas’ullarini e’tiborsizlikda ayblaganlar ham yetarliça topildi.
Şundan söng, Zamira va uning onasidan yuqoridagi holat böyiça munosabat ham olindi. Ma’lumot berilişiça, “qayiqçi qiz” Toşkent viloyatining Bekobod tumani Yangihayot mahallasida yaşaydi. Uyiga yaqin bölganligi uçun Sirdaryo viloyatining Guliston tumani Sohilobod mahallasidagi 15-maktabda öqiydi. U daryodan haftada ikki marta ötkazib qöyiladi. Maktabga Sohilobod mahallasida yaşovçi ammasining uyidan qatnaydi.
Öquvçi qizga ta’lim olişi uçun bundan boşqa qulay şaroit yaratiş imkoni yöqmi? Yana Zamira kabi qayiqda qatnab öqiydigan bolalar bormi? Uning ukalari yoki qöni-qöşnilarining farzandlarini ham kelajakda xuddi şunday “taqdir” kutyaptimi? Şu kabi savollarga javob oliş hamda jasoratli qizaloq bilan yaqindan tanişiş, suhbatlaşiş maqsadida qizning yaşaş manziliga bormoqçi böldik. Ammo Bekobod tumani hokimligi matbuot kotibi bilan boğlanganimizda, qiz yaşaydigan manzil qöriqxona hududida joylaşgani sabab taşqaridan kiriş qiyinligini aytdi. Şuning uçun qiz ta’lim oladigan hududga bordik. Sinf rahbari Dilmurod Aşurovning aytişiça Zamira a’loçi öquvçilar safida.

Foto: Kun.uz
“Zamira birinçi sinfdan beri şu maktabda öqiydi. Hozir beşinçi sinf öquvçisi. U hamma fanlardan tört, beş baholar oladi. Köproq ingliz, rus tili, musiqa, tasviriy san’at, tarix fanlariga qiziqadi. Şu fanlardan tögaraklarga ham a’zo. Kelajakda şifokor bölişni orzu qiladi”,- deydi öqituvçi.
Dilmurod Aşurov ham aslida Zamirani har doim qayiqda ota-onasi ötkazib qöyişini, öşa kungi holat deyarli kuzatilmasligini aytdi.

Foto: Kun.uz
“Sohilobod” MFY raisi Yusufjon Qöşiyevning aytişiça, Zamiraning ota-onasi kelib çiqişi asli Gulistondan va ular ham huddi şunday tumandagi 15-maktabga qayiqda qatnab öqigan. U yerdagi xöjaliklar ruzğor uçun bozorlikni ham Guliston tumanidan qilişadi.


















