O‘zbekiston | 09:22 / 03.01.2023
3525
1 daqiqa o‘qiladi

Narkologik kasallikka chalinganlarni davolashga yuborish bo‘yicha barcha tekshiruv dispanserda o‘tkaziladi

2023 yil 1 yanvardan narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish bo‘yicha barcha tibbiy tekshiruvlar narkologiya dispanserlarining o‘zida o‘tkaziladi.

Qonunchilikka ko‘ra: 

  • narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish bo‘yicha barcha tibbiy tekshiruvlar narkologiya dispanserlarining o‘zida, zarur hollarda boshqa muassasalarda amalga oshiriladi;
  • narkologiya dispanserlaridagi mavjud koykalar haqidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida olish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallarining ambulator va statsionar bo‘limlarida tibbiy psixolog yoki psixoterapevt lavozimlari joriy etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid