«Temir-beton konstruksiyalar vayronalarini tozalab chiqish chog‘ida halok bo‘lgan safdoshlarimiz soni 89 nafarga yetdi. Halok bo‘lganlar orasida polk komandiri o‘rinbosari podpolkovnik Bachurin ham bor», - deyiladi vazirlikning Telegram-kanalida. 

Avvalroq Mudofaa vazirligi 63 nafar harbiy halok bo‘lganini tasdiqlagan edi. Shu bilan birga, Ukraina tomoni 400 ga yaqin kishi halok bo‘lgani va 300 ga yaqin kishi yaralanganini da’vo qilgan.

«Vaqtinchalik joylashtirish punktiga (Makiyivka aholi punkti yaqinida) kuchli portlovchi kallakli to‘rtta raketa bilan zarba berilgani natijasida 63 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘ldi. Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yaqinlariga barcha zarur yordam ko‘rsatiladi», - deyilgan Rossiya vazirligi matbuot xizmati xabarida.