Qöşma Ştatlar Kiyevga Bradley piyoda jangovar maşinalarini (PJM) yetkazib berişi mumkin. Vaşington haqiqatan ham şunday imkoniyatni körib çiqmoqda, dedi AQŞ prezidenti Jo Bayden 5 yanvar, payşanba kuni jurnalistlarning tegişli savoliga javob berar ekan. U heç qanday qöşimça ma’lumot bermadi.
«Bradley quruqlikdagi jangovar qobiliyatni sezilarli darajada oşiradi, çunki u mohiyatan yengil tank», dedi Oq uyning mudofaa budjeti böyiça sobiq tahlilçisi Mark Kançian Bloomberğga. Uning sözlariga köra, AQŞda köplab Bradley PJM mavjud va ularning ba’zilari modernizatsiyaga muhtoj bölsa-da, zaxiralari yetarliça darajada.
Askarlarni oldingi çiziqqa taşiş uçun möljallangan Bradley PJM 25 mm töp, 7,62 mm pulemyot va tankka qarşi boşqariladigan raketalar (TQBR) bilan jihozlangan. Uşbu zirhli maşinalar AQŞ armiyasi tomonidan 1980-yillardan beri qöşinlar uçun asosiy transport vositasi sifatida foydalaniladi, deb ta’kidlaydi Reuters.
Bloomberg manbalari birinçi marta 2022 yil dekabrida Kiyevga Bradley piyoda jangovar maşinalari yetkazilişi mumkinligi haqida xabar bergandi.
Fransiya, öz navbatida, Ukrainaga AMX-10 RC zirhli transport vositalarini yetkazib beradi, ular xuddi Amerikaning Bradley piyoda jangovar maşinalari kabi «yengil tanklar» deb ataladi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron e’lon qilgan bu ma’lumotni Twitter mikroblogida Ukraina davlati rahbari Volodimir Zelenskiy tasdiqladi. Uning sözlariga köra, bu bilan Parij «Ukrainaga Yevropaning mudofaa yordamini yangi bosqiçga olib çiqadi».
Yelisey saroyining ta’kidlaşiça, AMX-10 RC samolyotining Kiyevga jönatilişi Ğarbda işlab çiqarilgan tanklarni Ukraina armiyasiga yetkazib berişning birinçi jarayoni böladi. «Prezident Makronga bu yetakçilik uçun minnatdorçilik bildiraman. Biz köproq zirhli texnika, jumladan, Fransiyada işlab çiqarilgan ğildirakli tanklarni olamiz. Bu barça hamkorlarimizga aniq signal beradi: Ğarb tipidagi tanklar Ukrainaga hozirgaça yetkazib berilmaganiga heç qanday mantiqiy sabab yöq» dedi Zelenskiy keçki videomurojaatida.
U bunday ta’minotni 2023 yilda ğalabaga erişiş uçun «asosiy imkoniyat» deb atadi.


















