Xorazm viloyati, Urganç tumanida 2022 yil 21 dekabr kuni ötkazilgan tezkor tadbir natijasida Qipçoq mahallasida yaşovçi, 1980 yilda tuğilgan T.Ş. qilmişi foş etildi. U boşqa fuqaroni haydovçilik guvohnomasi imtihonidan tanişlari orqali ötkazib berişiga işontirib, evaziga 700 dollar talab qilib, 600 dollar va 1,1 mln söm pulni olayotgan paytida aşyoviy dalillar bilan jinoyat ustida uşlangan.
Şuningdek, 2022 yil 17 dekabr kuni ötkazilgan tezkor tadbir natijasida Qöşköpir tumani, Qadriyat mahallasida istiqomat qiluvçi, 1992 yilda tuğilgan D.E. ikki nafar fuqaroni haydovçilik guvohnomasi imtihonidan ötkazib berişiga işontirib, evaziga har biri 300 dollar berişi lozimligini aytib, ulardan jami 500 dollar va 1,1 mln söm pulni olgan paytida jinoyat ustida uşlandi.
Uşbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















