Islom sivilizatsiyasi markazi 52 mingta qadimgi yozma manbalar ma’lumot bazasini yaratdi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Islom sivilizatsiyasi markazi rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Islom dini merosini saqlash, manbashunoslik va qo‘lyozmalar bilan ishlash bo‘yicha Respublika fondlarida saqlanayotgan 52 ming 255 ta (shundan 21 ming 670 ta qo‘lyozma, 30 ming 585 ta toshbosma) qadimgi yozma manbalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi yaratilgan.
Ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan 11 ta yozma manba tarjima qilindi va chop etishga tayyorlandi. Qur’oni karim bo‘limi ekspozitsiyasi uchun Qur’oni karimning 28 ta nodir qo‘lyozmasidan iborat kolleksiya shakllantirildi.
Qatar milliy kutubxonasidan 2 ming 635 ta foto-hujjat, qo‘lyozmalar, arxiv hujjatlari, Turkiya olimlari qo‘lyozmalar kolleksiyasining ma’lumotlar bazasidan 70 mingdan ortiq, AQSh kongressi kutubxonasidan 558 ta qo‘lyozma va foto-hujjatlar, «TurkTAV» fondidan 20 mingdan ziyod noyob kitoblar, Misr davlatidagi «Al-Azhar» majmuasidan Alisher Navoiyga oid 5 dona, Kamoliddin Behzodga oid 6 dona elektron manbalar olindi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampning yangi rejasi, Putinning sulhi, Kiyevning talablari - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 15:38
-
“Suv urushi” ehtimoli: Hindiston Pokistonni suvsiz qoldirish bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 15:34
-
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti
Jahon | 13:54
-
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefonda suhbatlashdi
O‘zbekiston | 13:16
Mavzuga oid

16:58 / 16.11.2024
O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatini 27 gigavattga oshirmoqchi

08:43 / 06.03.2024
O‘zbekistonda 2019 yildan beri mingdan ortiq manba taqiqlangan

14:48 / 23.03.2023
O‘zbekiston va Malayziya islom moliyasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashni boshlaydi

10:44 / 19.11.2022