Gretsiya hukumati Turkiya bilan çegaraning butun uzunligi böylab, Evros daryosi (turkça Meriç) qirğoğida devor qurişga qaror qildi, dedi Gretsiya fuqarolarni himoya qiliş vaziri Takis Teodorikakos SKAI telekanali efirida.

Devorning umumiy uzunligi 140 km bölişi mumkin. Hukumat zudlik bilan çegaraning markaziy qismida 35 km uzunlikdagi uçastkani quriş haqida qaror qabul qilgan. Quriliş budjeti 100 million yevroni taşkil etadi, iş Moliya vazirligi bilan kelişilganidan keyin boşlanadi.

Afina Turkiyadan muhojirlarning noqonuniy oqimini devor bilan töxtatişga umid qilmoqda. 2022 yilda Gretsiya politsiyasi 256 ming kişining mamlakatga noqonuniy kirişini töxtatdi, dedi Teodorikakos.

Evros - Bolqon yarimorolidagi eng yirik daryolardan biri. Daryo böylab devorning bir qismi allaqaçon qurilgan: 2020 yilda çegaradagi vaziyat keskinlaşganidan söng iş jadallaşgan edi. 2022 yil 23 avgust holatiga köra, 40 km uzunlikdagi panjara qurilişi tugatildi. AP agentligiga köra, Afina Turkiyani vaziyatni beqarorlaştiriş maqsadida muhojirlarni ataylab Gretsiyaga jönatayotganlikda ayblab keladi.