Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida «Dok-1 Maks» siropidan iste’mol qilgan, Uçqörğon tumanining Guliston mahallasida yaşagan 3 yoşli öğil bola Q.B. vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.
Namangan viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Abdulxodi Iminovning UzA'ga bergan ma’lumotiga köra, vafot etgan bemor B.Q. şifoxonadan taşqari rivojlangan pnevmoniya, ötkir keçuvçi oğir formasi, hazm faoliyati funksional buzilişi va dispeptik holat, gipovolemiya oğir darajasi taşxisi bilan davolangan.
Bola 2022 yil 15 dekabrda tuman tibbiyot birlaşmasiga olib kelingan paytda oğir holatda bölgan. Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali tomonidan körsatilgan tibbiy yordam çoralariga qaramasdan u 2022 yil 21 dekabr kuni vafot etgan.
Ma’lum bölişiça, bolaning onasi bemorga uy şaroitida şifokor körsatmasisiz «Dok-1 Maks» preparatidan içirgan.
Eslatib ötamiz, «Dok-1 Maks» siropi bolalarga nojöya ta’sir qilgani oqibatida Özbekiston böylab 19 nafar bola halok bölgandi. Keyinroq soğliqni saqlaş vazirligi «Quramax Medisal» kompaniyasining barça dorilarini sotişni töxtatişga körsatma bergandi.

















