2022 yil Özbekiston uçun oğriqli yakunlandi: «Dok-1 Maks» siropi nojöya ta’sir qilişi oqibatida 20 nafardan ortiq bola halok böldi. Xavf hali çekinmadi: hududlarda uşbu doridan zaharlaniş va halok böliş holatlari uçrab turibdi.

Şunday vaziyatda bu aççiq saboqdan töğri xulosa çiqarildimi? Arzirli sabablar bölmasa ham dorixonaga yuguradigan odamlar biroz huşyor tortdimi? Şu kabi savollar bilan dorixona sotuvçilariga murojaat qilib kördik.

«Hozirça savdoga heç qanaqa ta’siri bölgani yöq. Odamlarda dorilarga bölgan işonç kamaydi: olayotgan dorisini, original dorimi, özimizda röyxatdan ötganmi yöqmi, köproq söraşyapti», – deydi dorixonalardan birining sotuvçisi. 

Yana bir dorixona sotuvçisi ham savdoga ta’siri bölmaganini aytdi. Ammo uning kuzatişiça, odamlarda avvalgiga nisbatan ehtiyotkorlik oşgan: 

«Nafaqat Hindistonda işlab çiqarilgan, balki boşqa firmalarniki bölsa ham siroplar, şamollaşga, viruslarga qarşi, isitma tuşiradigan dorilarni sotib olişda ehtiyotkor bölişyapti. Oldin biz aytsak ham olişardi, hozir unaqa emas. Ba’zilar tarkibini öqimay oladi, ba’zilar öqiydi. Albatta tanişib, keyin sotib olgan yaxşi». 

Ayrim dorixona sotuvçilari «Dok-1 Maks» voqeasi savdo hajmiga ta’sir qilganini ma’lum qilişdi.

«Töqson foiz dorilar Hindistonda işlab çiqarilgan. Ularni sotib olişni istaşmayapti odamlar. Bu albatta savdoga ta’sir qilyapti. Lekin baribir yurtdoşlarimizda dorilarni yaxşi-yomonga ajratiş, ularni sörab-suriştirib oliş boşlanganidan xursandman», — deya ta’kidladi sotuvçilardan biri. 

Atrofimizda röy berayotgan har bir voqea bizga ham tegişli. Bu kabi köngilsiz holat men bilan sodir bölmadi degan xotirjamlik katta xato böladi. Şu sababli, ulardan töğri xulosa çiqariş muhim. Şunday ekan, özimiz va yaqinlarimiz soğligiga e’tiborli bölaylik.

Maqsuda Abduqayumova, jurnalist
Montaj ustasi: Asror Almuradov