Boşidan boşlaymiz
Anomal sovuq sabab barça böğindagi ta’lim muassasalariga navbatdan taşqari ta’til e’lon qilinib, darslar 18 yanvardan boşlanişi ma’lum qilingandi. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda 11 yanvardan barça maktab va oliygohlarda darslar boşlanişi haqidagi xabarlar tarqaldi. Bir neça soatlik kiçik vahimalardan keyin taşkilotlar rasmiy munosabat bilan bu xabarlarni tasdiqlaşdi.
Dastlab Andijon viloyati hokimiyati 11 yanvardan viloyatdagi barça maktablar va oliy va örta maxsus ta’lim dargohlarida öqiş boşlanişini xabar qildi.
«Yurtimizda joriy yil yanvar oyining ikkinçi ön kunligida havo harorati keskin pasayib ketişi munosabati bilan Andijon viloyatdagi oliy ta’lim, professional ta’lim muassasalari va umumiy örta ta’lim maktablarida belgilangan tartibda iş taşkil etilib, qişki tayyorgarlik işlari amalga oşirildi.
Jumladan, mavjud binolar va talabalar turar joylari öquv jarayonlarini boşlaş uçun şay holatga keltirildi», – deyiladi xabarda.
Keyin Xorazm viloyati maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi ham hududdagi barça maktablarda an’anaviy tarzda darslar boşlanişini ma’lum qildi.
«Özgidrometeorologiya markazi xabariga köra, 11-18 yanvar kunlari viloyatimizda havo harorati keskin tuşib ketmasligini inobatga olib, 2023 yilning 11 yanvar sanasidan barça umumiy örta ta’lim maktablarida öqiş jarayoni boşlanişini ma’lum qilamiz», – degan boşqarma.
Buxoro viloyati XTB viloyatdagi barça maktablarda 3-çorak 11 yanvardan boşlanişini ma’lum qildi.
Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqanddagi filialida darslar boşlanayotganini xabar

















