Maktabgaça, umumta’lim, örta maxsus, professional hamda oliy ta’lim taşkilotlarida qişki ta’til davrini uzaytiriş yoki uzaytirmaslik vakolati hokimlarga berilgan.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklariga bu masalada ob-havo şaroitlaridan kelib çiqqan holda, mustaqil ravişda qaror qabul qila oladi.

Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, hokimlarning bunday vakolatga egaligi Vazirlar Mahkamasining tegişli bayonida közda tutilgan.

Vazirlikning qöşimça qilişiça, “Ta’lim töğrisida”gi qonunning 27-moddasida mahalliy davlat hokimiyati organlariga ta’lim sohasida tegişli vakolatlar berilgan.

Biroq, Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, bu asos böla olmaydi. 27-moddada mahalliy davlat hokimiyati organlariga ta’lim taşkilotlari uçun öquv ta’tillarini belgilaş yoki ularni bekor qilib, öquv jarayonlarini boşlaş vakolati berilmagan.

Eslatib ötamiz, 5 yanvar kuni Özbekistonda kutilayotgan anomal sovuq ob-havo munosabati bilan barça ta’lim muassasalarida qişki ta’til uzaytirilib, darslar 18 yanvardan boşlanişi rasman e’lon qilingan edi. Lekin, 10 yanvarga kelib, qator hududlardagi ta’lim muassasalarida darslar 11 yanvardan boşlanişi ma’lum qilindi.