Toşkent şahrining «Yangihayot» blokmaskani (Surum)da bir boş Yevropa kiyigi (Yevropeyskaya lan – Dama (Servus) dama)ni fuqaro X.J. öz avtotransport vositasida tegişli hujjatlarsiz olib ketayotgani aniqlandi.
Ekologiya yangiliklari sayti ekologuz Telegram-kanalida xabar qilinişiça, 9 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda 2 yoşli “Yevropeyskiy layn” kiyigi sotilişi haqida e’lon berilgan. Unda kiyikning narxi uç ming dollarga baholangan.

Sayt jamoasi bu haqda Tabiat resurslari vazirligiga xabar beradi. Vazirlik Içki işlar vazirligi va Toşkent viloyati Milliy gvardiya xodimlari bilan birgalikda holatni örganadi.
Ötkazilgan suriştiruv davomida Yevropa kiyigining egasi ekanini vaj qilgan fuqaro B.L. va uning şerigi bölgan X.J. voqea joyida tegişli hujjatlarni taqdim eta olmagan.
Şu sababli, uşbu holatga aniqlik kiritilgunga qadar Yevropa kiyigi vaqtinçalik saqlaş uçun Toşkent hayvonot boğiga topşirildi.



Ma’lumot örnida, mazkur tur yöqolib ketiş xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi töğrisidagi konvensiyaning (SITES) I ilovasiga kiritilgan.
Uşbu turlarni tijorat maqsadida eksport, reeksport va import qiliş taqiqlanadi. I ilovadagi namunalarni çet elga olib çiqiş uçun SITESning ham eksport, ham import ruxsati olinişi talab etiladi.
















