Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi «Uzun» davlat örmon xöjaligi hududida topilgan qönğir ayiq bolasi Toşkent hayvonot boğiga topşirildi.

Hayvonot boği ma’muriyatining qayd etişiça, oçlik sababli ayiqçaning hayoti xavf ostida bölgan.

«Kiçkintoyning vazni juda oz. Ayiqlar, odatda qişki uyquga ketişdan oldin, köklamga yetib olişga imkon beruvçi qalin yoğ qatlamini töplaşi lozim ekani inobatga olinsa, ayiqça omon qolmasligi mumkin edi», deyiladi xabarda.

Şu sabab jonivor reabilitatsiya markaziga ötkazilgan va mutaxassislar nazoratiga olingan. Unga qulaylik yaratiş uçun barça imkoniyatlar işga solinmoqda.

24 yanvar kuni «Uzun» davlat örmon xöjaligida topilgan ayiqça örmon xöjaligida vaqtinçalik saqlab turilgan edi. Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Tyan-Şan qönğir ayiği bolasi adaşib qoliş oqibatida onasidan ajralgani taxmin qilindi. Örmon xöjaligi xodimlari bahor kelişi bilan ayiqçani tabiat bağriga qöyib yuboriş rejalaştirilayotgani aytilgan edi.