Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Toshkent – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishidagi Afrosiyob poyezdlarining 3 kunlik reyslari bekor qilindi
Noqulay ob-havo sharoiti sababli “Toshkent – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishidagi Afrosiyob poyezdlarining 13,14,15 yanvar kungi 3 ta reysi bekor qilindi.
Foto: KUN.UZ
“O‘zbekiston temiryo‘llari” xabar berishicha, yo‘lovchilar Afrosiyob poyezdining o‘rniga quyidagi yo‘lovchi poyezdlardan foydalanishi mumkin:
- 12-sonli “Toshkent – Buxoro” “Sharq”;
- 56-sonli “Toshkent – Buxoro – Xiva”;
- 58-sonli “Toshkent – Buxoro – Shovot”;
- 72-sonli “Toshkent – Buxoro – Olot”;
- 125-sonli “Andijon – Toshkent – Buxoro – Xiva”;
“Xarid qilingan chiptalarni temiryo‘l chiptaxonalarida, elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni esa chipta.railway.uz saytida qaytarishingiz mumkin. Chipta 100% qiymatda qaytariladi”, – deyiladi rasmiy izohda.
Eslatib o‘tamiz, 13 yanvar kuni Buxoro – Toshkent yo‘nalishidagi Afrosiyob poyezdi “Malik” stansiyasida to‘xtab qolgandi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” bunga noqulay ob-havoni sabab qilib ko‘rsatgandi.
Mavzuga oid
18:28
Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini Xitoy kompaniyasi quradi. Loyiha qiymati - 2 mlrd 185 mln dollar
17:12 / 27.05.2026
Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini qurish tenderida Xitoy kompaniyasi g‘olib bo‘ldi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
09:20 / 27.05.2026