Toşkent hayvonot boği ma’muriyati ayozli kunlarda jonivorlar uçun qanday şaroit yaratilgani haqida ma’lumot berdi.




“Odamlar issiq kiyim va isitiş moslamalari bilan qurollangan holda ularga tayyorgarlik körayotgan bir paytda, bizning jonivorlarimiz volerlar orasida xotirjam yurişibdi, çunki biz ularning issiqligi uçun hamma narsani öylab qöyganmiz”, deyiladi Toşkent hayvonot boğining rasmiy Telegram-kanalida.




Qayd etilişiça, baliq va boşqa suvda saqlanadigan jonzotlarning izğirinda nobud bölişi oldi olingan.
“Akvarium” bölimida ham barçasi eng kiçik detallargaça öylangan. Sovuq havoda sodir bölişi mumkin bölgan elektr uzilişlari vaqtida generatorlar işga tuşadi. Bularning barçasi ularni doimiy 24/7 rejimida kislorod bilan ta’minlaş uçun amalga oşiriladi.
Qolaversa, jonivorlarimiz saqlanadigan xonadagi umumiy harorat markaziy isitiş tizimi orqali ta’minlanadi, keça-yu kunduz videokuzatuv va xodimlarning navbatçiligi aholining özini qanday his qilayotganidan doimo xabardor böliş imkonini beradi”, deyiladi rasmiy xabarda.


























