Oliy rada Medvedchuk va uning tarafdorlarini mandatdan mahrum qildi
Putinning yaqin odami deb atalgan Viktor Medvedchuk avvalroq «Muxolifat platformasi – hayot uchun» partiyasini boshqargan. U bilan birga to‘rt nafar tarafdori deputatlik mandatidan mahrum qilindi.

Viktor Medvedchuk / Foto: Ivan Kovalenko, Kommersant’
Ukraina Oliy radasi rossiyaparast siyosatchi, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yaqin odami deb atalgan Viktor Medvedchuk, shuningdek, yana to‘rt deputat – Taras Kozak, Andrey Derkach, Renat Kuzmin va Andrey Aksyonovni deputatlik vakolatidan mahrum qildi, deb xabar berdi parlament a’zosi Yaroslav Jyeleznyak 13 yanvar, juma kuni. Uning so‘zlariga ko‘ra, Aksyonov Radani o‘z ixtiyori bilan tark etgan, qolganlarning mandati Ukraina fuqaroligidan mahrum qilingani sababli bekor qilingan, chunki Ukrainada ular xiyonatda gumon qilinmoqda.
Viktor Medvedchuk avvalroq o‘tgan yilning iyun oyida Ukrainada faoliyati taqiqlangan «Muxolifat platformasi - hayot uchun partiyasini boshqargan. Medvedchukning o‘zi Ukraina Xavfsizlik xizmati tomonidan davlatga xiyonatda ayblanib hibsga olindi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, siyosatchi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Donbassdagi «DXR» va «LXR» respublikalaridan ko‘mir kontrabandasi bilan bog‘liq.
Ukraina Bosh prokuraturasi iddao qilishicha, Viktor Medvedchukning Moskva bilan aloqalari 2014-2015 yillarda mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga putur yetkazgan. O‘tgan yilning sentabr oyida Medvedchuk Mariupoldagi janglarda asirga olingan Ukraina "Azov" polki harbiylariga almashtirilib, Rossiyaga topshirildi. Moskva bu ma’lumotni rasman tasdiqlagani ham, rad etgani ham yo‘q.
Oliy radaning moliya, soliq va bojxona siyosati qo‘mitasi sobiq a’zosi Taras Kozak Ukrainaning bir qancha telekanallari, jumladan, News One, ZIK va "112 Ukraina"ning egasi bo‘lgan. 2021 yilda ularning translatsiyasi to‘xtatildi, siyosatchiga xiyonat uchun jinoiy ish qo‘zg‘atildi: UXX Kozak kompaniyalarini Rossiya hukumatparast tuzilmalari moliyalashtirganini bildirdi.
Shunga o‘xshash ishlar Renat Kuzmin va Andrey Derkachga nisbatan qo‘zg‘atilgan. Tergov materiallariga ko‘ra, Kuzmin Rossiya bosqini arafasida ommaviy axborot vositalarida «Ukrainaga qarshi tashviqot materiallarini» joylashtirgan. Shu bilan birga, Derkach Rossiya FXX uchun ishlaganlikda ayblangan. UXX ma’lumotlariga ko‘ra, u agentlar tarmog‘ining bir qismi bo‘lgan. Dekabr oyida siyosatchi prezidentlik saylovlariga aralashganlikda ayblanib, AQSh sanksiyalari ostida qoldi. Amerika maxsus xizmatlari ham Derkachni FXX agenti deb hisoblaydi.
Urush boshlanganidan keyin Kozak, Kuzmin va Derkach Ukraina hududini tark etishdi, hozir ularning qayerdaligi noma’lum. 11 yanvar kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning farmoni bilan Viktor Medvedchuk, Taras Kozak, Renat Kuzmin va Andrey Derkach Ukraina fuqaroligidan mahrum etildi. Radada ularning barchasi, Andriy Derkachdan tashqari, «Muxolifat platformasi - hayot uchun» vakili edi, Derkach rossiyaparast Mintaqalar partiyasidan saylangan.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Pokicton yomg‘ir suvini yig‘ish bo‘yicha tajriba almashadi
O‘zbekiston | 14:42
-
Ukraina sobiq mudofaa vaziri Reznikovning uyida tintuv o‘tkazildi
Jahon | 14:30
-
O‘zbekistonda Avstriya kompaniyasi ishtirokida tog‘-chang‘i kurorti quriladi
O‘zbekiston | 14:24
-
Daniya O‘zbekistonda bioprotein ozuqa qo‘shimchasini ishlab chiqaradi
O‘zbekiston | 14:23
Mavzuga oid

14:30
Ukraina sobiq mudofaa vaziri Reznikovning uyida tintuv o‘tkazildi

12:45
NBC: AQShdagi tekshiruvda qurol-yarog‘ taqchilligi aniqlanmadi

18:38 / 04.07.2025
Rossiyaning yozgi yurishi: Ukrainadagi vaziyat bir oy ichida qanday o‘zgardi?

13:50 / 04.07.2025