2022 yil Farğona viloyatining qator şahar-tumanlarida taşkil etilgan turizm qişloqlari va köçalarida sayyohlar uçun milliylikka uyğun ravişda jahon andozalari darajasidagi şart-şaroitlar yaratilib, turistik marşrutlar soni kengaytirildi.
«Özbekiston böylab sayohat qil!» dasturi doirasida viloyatga 1 million 482 ming 100 nafar sayyoh keldi. Xorijlik sayyohlar soni esa 256 mingdan oşdi. Ularga 76 ta turoperator tomonidan xizmat körsatildi. Yil davomida turizm eksporti xajmi 46,5 million AQŞ dollarini taşkil etdi.
Joriy yil Qöqon şahrida Xalqaro hunarmandçilik festivali va Rişton tumanida Xalqaro kulolçilik festivalini ötkazişga tayyorgarlik işlari olib borilmoqda. Belgilangan rejaga köra, uşbu ikki hududda turizmni rivojlantirişga xizmat qiluvçi bir neça obektlarni foydalanişga topşiriş közda tutilgan.

















