Forishlik Ubaydullo Musaboyev olgan tasvirlarda muz qalinligi salkam 10 santimetrga yetganini ko‘rish mumkin. 

Aydarko‘lning muzlashi kamdan kam kuzatiladi, chunki ko‘lning suvi sho‘r. Va bu sho‘rlanish yildan yilga ortyapti.

Kun.uz oldinroq Aydarko‘lning suvi keskin kamayayotgani, bu O‘zbekiston uchun yaqin kelajakda katta ekologik muammoga aylanishi mumkinligiga e’tibor qaratgandi.