Qaşqadaryo viloyati Koson tumani Xalq ta’limi bölimiga qaraşli bino yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar bermoqda.
Hodisa 2013 yil 14 yanvar kuni soat 20:17 larda sodir bölgan. Koson tumani "Saripul" MFYda joylaşgan XTBning qöşimça 1 qavatli binosida yonğin çiqqan.
Voqea joyiga 2 ta yonğin-qutqaruv bölinmasi jalb qilinib, soat 21:20 larda yonğin öçirilgan.
Yonğin oqibatida XTB binosining 40 metr kvadrat maydoni va unga yondoş bölgan fuqaroga tegişli uyning 10 metr kvadrat maydonda tom qismi zarar körgan.
Qayd etilişiça, hodisada heç kim jarohat olmagan.

















