Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX va Bosh prokuratura energetika tizimidagi korrupsiyani yo‘q qilish bo‘yicha alohida choralar ko‘radi
Prezident energetika va kommunal tizimlardagi muammolar tufayli Singapurga tashrifi davomiyligini qisqartiradi.
Bugungi kunda O‘zbekiston energetika tizimidagi muammolarga tizimsiz ishlash, energoresurslarni talon-toroj qilish holatlari ham sabab bo‘lmoqda. Bu haqda prezident huzurida qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilishda aytib o‘tildi.
Xususan, o‘tgan bir oyda elektrga 5 mingta, gazga 4,5 mingta noqonuniy ulanishlar aniqlangan.
«Elektr va gaz tarmoqlarida talon-torojlik bo‘lganini, tuman hokimlari va sektor rahbarlari, elektr va gaz idoralari boshliqlari bilmasmidi?» - deya savol qo‘ydi davlat rahbari.
Oxirgi oylarning o‘zida neftegaz va energiya nazorati tizimlarida 192 ta korrupsiya holatlari aniqlangani ham tizim ichidan yemirilganidan dalolat beradi.
DXX va Bosh prokuraturaga tizimdagi korrupsiyani yo‘q qilish bo‘yicha alohida choralar ko‘rish topshirildi.
Prezident energetika va kommunal tizimlarda yuzaga kelgan ahvolni inobatga olib Singapurga tashrif davomiyligi 3 kundan 1 kunga qisqartirilishini ta’kidladi.
Ushbu mamlakatning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi qimmatli tajribasini o‘rganish lozimligi, qolaversa, ushbu davlatdan 4,7 milliard dollargacha qo‘shimcha investitsiya jalb qilish rejalashtirilgani uchun ham bu tashrif muhim ahamiyatga ega. Xususan, samarasiz ishlayotgan davlat korxonalarini xususiylashtirishga ham investitsiyalar jalb qilinadi.
Mavzuga oid
08:26 / 25.06.2026
5 kilogrammdan ortiq gashish, marixuana va minglab dori vositalari aniqlandi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
08:18 / 04.06.2026