1-holat. 210 mln söm

2022 yil 26 yanvarda Toşkent viloyati hokimligi “Toşkent viloyati hokimligi huzuridagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş markazi” MÇJ bilan 210 mln sömlik 24-22-sonli şartnoma tuzgan.

Garçi şartnomada körsatiladigan xizmat turi “texnik qöllab-quvvatlaş, serverlarda hosting, içki axborot resurslarini işlatiş va boşqariş” deya körsatilgan bölsa-da, davlat xaridlari portaliga “piar xizmati” deb qayd etilgan. Bu esa hokimlik şartnomada qayd etilgan xizmat uçun emas, aksinça piar uçun 210 mln söm pul ötkazib bergan bölişi mumkinligini anglatadi.

2-holat. 150 mln söm

Hokimlik yuqoridagi sanada şu MÇJ bilan yana 150 mln sömlik 1-22 sonli şartnoma ham tuzgan. E’tiborlisi, bu şartnomaning predmeti va mohiyati yuqoridagi 24-22-sonli şartnoma bilan bir xil, faqat narxlarda farq bor. Davlat xaridlari portalida bu şartnoma "AKT xizmatlari" deya tavsiflangan.

Bundan, 150 mln sömlik şartnoma haqiqatan ham AKT xizmatlari uçun, 210 mln sömligi esa piar uçun ekani anglaşiladi.

3-holat. 420 mln söm

2022 yil 16 mayga kelib, ikki örtada 26 yanvarda tuzilgan şartnomaga qöşimça kelişuv şartnomasi tuzilgan va yana 420 mln sömlik pul ötkazilgan.

Bu safargi sabab ham davlat xaridlarida ikki xil qayd etilganini köriş mumkin. Batafsil tavsifga “texnik qöllab-quvvatlaş, serverlarda hosting, içki axborot resurslarini işlatiş va boşqariş” deb yozilgan. Ammo