Çindan ham poytaxt 10 yildan beri köp miqdorda yoğgan qorni körmagandi. Bu transportlar va piyodalar qatnovini sekinlaştirdi. Vaziyatni obodonlaştiriş xodimlarining mehnati oz bölsa-da yaxşiladi desak xato bölmaydi. Yöllarni qordan tozalaş işlari qanday ketayotgani haqida Mirobod tumani obodonlaştiriş boşqarmasi boşliği Ğofurxöja Jonxöjayev gapirib berdi. Uning aytişiça, tumandagi yöllarni eritiş uçun 400 tonna qum, 250 tonna tuz sepib çiqilgan. Yana taxminan 200 tonna aralaşma tayyorlanyapti. Agar mana şu sepilgan tuz va qumlar vaqtida yiğiştirib olinmasa, yer qurigaç, tepaga kötarilib, daraxtlarni quritadi. Odamlarda allergiyani keltirib çiqaradi.

«Hozir Nukus köçasida joylaşgan yaşil maydon va ariqlarni tozalaymiz. Bu ariqlardagi qorni köçirib çiqarib olmasak, yöldan oqib kelgan suv yaşil maydonga tuşadi. Bu erigan suvda juda ham köp tuz bor. Şu tuz yaşil maydon, daraxtlar va gullar qurişiga olib keladi. Şuning uçun keçki smenada ham işlayapmiz. Hozir asosan suv ketadigan latoklarni oçib olişimiz kerak”, – deydi Jonxöjayev.

Obodonlaştiriş xodimi bunday qorni 7-8 yildan beri körmaganini aytadi.

«Ança vaqtdan beri qor yoğmay kelayotgandi. Şuning uçun bunaqa qorni kutmagandik va juda kuçli tayyorgarlik körmagandik, haqiqatan qiynalib qoldik. Zaxiralarimizni ham yetkaza olmadik. Hokimlik yetkazib, qaraşib turdi», – deydi u.

Qordan tozalaş qanday tartibda taşkil qilinganini tuman obodonlaştiriş boşqarmasi boşliği örinbosari Doston Ahmedov tuşuntirib berdi.

«Katta yöllar va piyodalar yuradigan yöllarni tozalab boryapmiz. Mirobod tumanida 3 smenali: 7:00–15:00, 12:00– 20:00, va 17:00dan tonggi 5gaça iş taşkil qilganmiz. Birinçi qor yoğgan vaqti qor kurab tozalab olinadi. Köp qor yoğganida tozalaşga ulgurmasak, qum-tuz aralaşmasi sepilib, sal yumşagandan keyin kurab olib çiqib taşlanadi», – deydi xodim.

Ahmedovning aytişiça, yiğilgan toza qorlar, suv havzalari oqib ketadigan joyga, muzlagan tuzli qorlar Örtasaroydagi çiqindixonaga olib borib taşlanadi.

Işçilarning aytişiça, -20 darajadan ötgan kunlari keçqurun ham işlaşga töğri kelgan.

«Sovuqda hokimiyat tomonidan qölqop etiklar, issiq ovqat ham berib turişibdi. Özim 1 yildan beri şu yerda işlayman. Iş vaqtim ertalab 8dan boşlanadi. 1 mln 800 ming oylik olaman. Bu özimga yetib turibdi», – deydi obodonlaştiriş xodimi Umriniso Mirsaidova.