Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Ozarboyjon hunarmandlari o‘rtasida yaqin hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi davlatlararo aloqalarni, jumladan, madaniy-gumanitar almashuvlarni yanada rivojlantirish o‘suvchanligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi.
Muzokaralar natijasida tomonlar aprel oyida Boku shahrida turkiy mamlakatlar hunarmand ayollarining xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasiga hamkorlikda tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Ushbu tadbir vositasida Ozarboyjon aholisini tadbir ishtirokchi mamlakatlarining madaniyati va an’analari bilan tanishtirish, delegatsiya a’zolarining V2V uchrashuvlarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.















