Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng keksa ayol 118 yoshida vafot etdi
Fransiyalik Lyusil Randon ikkita jahon urushi va pandemiyadan omon chiqqandi - u hatto kovid bilan kasallangan. Endi 115 yoshli ispaniyalik ayol Yer yuzidagi eng keksa odamga aylandi.
118 yoshli fransiyalik Lyusil Randon 17 yanvar, seshanba kuni vafot etdi. U sayyoradagi eng keksa ayol edi. «Bu juda achinarli, lekin u sevikli akasi bilan uchrashishni xohladi. Uning uchun bu ozodlik», - deya so‘nggi yillarda Randon yashagan qariyalar uyi vakilidan iqtibos keltirgan AFP.
1904 yil 11 fevralda Fransiya janubida tug‘ilgan Lyusil Randon ikki jahon urushidan, ispan grippi pandemiyasidan va COVID-19'dan omon chiqqandi. U hatto 2021 yilda koronavirus bilan kasallangan, ammo kasallikni yengil o‘tkazdi va eng keksa odamning koviddan tuzalishi bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
So‘nggi yillarda Lyusil Randonning ko‘zlari zaiflashgan va u nogironlar aravachasida harakatlangan. Ammo u 108 yoshga to‘lgunga qadar monastirda ishlashni davom ettirdi. Randonning o‘limidan so‘ng, Mariya Branyas Morera dunyodagi eng keksa odamga aylandi. Ispaniyalik ayol 1907 yil 4 martda tug‘ilgan, hozir u 115 yoshda.
Mavzuga oid
20:14 / 31.05.2026
Fransiyada ozdiruvchi dori sotib olganlarning xarajatlari qoplab beriladi
08:59 / 28.05.2026
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
22:20 / 24.05.2026
Makron Lukashenkoni Ukraina nizosiga aralashmaslikka chaqirdi
10:07 / 23.05.2026