Ukraina prezidenti devoni (UPD) ştatdan taşqari maslahatçi Aleksey Arestoviçni öz arizasiga köra iste’foga çiqardi. Bu haqda Ukraina prezidenti matbuot kotibi Sergey Nikiforov ma’lum qildi. 

17 yanvar kuni Arestoviç özining Telegram-kanalida iste’foga çiqişini e’lon qilib, «madaniyatli xulq-atvor namunasini körsatmoqçi» ekanini ta’kidladi. «Jiddiy xato, demak, iste’fo», deb yozdi u va iste’fo sörab yozgan arizasini ilova qildi. 

14 yanvar kuni Dniprodagi köplab qurbonlarga olib kelgan köp qavatli turar joy binosiga raketa hujumidan söng Arestoviç huquqşunos Mark Feygin bilan suhbatda X-22 raketasi Ukraina havo mudofaasi kuçlari tomonidan urib tuşirilganini, şundan söng uning bölaklari bino ustiga qulaganini aytdi. 

Ukraina Harbiy-havo kuçlari uning sözlarini rad etib, Ukraina qurolli kuçlarida X-22 raketasini urib tuşiriş uçun hali imkoniyat yöqligini ma’lum qildi. 

Arestoviçning bayonoti Ukrainada salbiy reaksiyaga sabab böldi. Oliy Rada deputatlari uni işdan böşatiş talabi bilan imzo töplaşni boşladi. Dnipro meri Ukraina xavfsizlik xizmatidan Arestoviçni tekşirişni söradi va uni «oğzi axlatga töla» va «xudbin mol» deb atadi. Keyinroq Arestoviç xato qilganini tan olib, keçirim söradi. 

Aleksey Arestoviç 1975 yilda Gruziyada tuğilgan, keyin uning oilasi Ukrainaga köçib ötgan. 1990-yillarda u aktyor bölgan, reklama roliklarida, filmlarda, teleseriallarda öynagan. 1994 yildan 2005 yilgaça Razvedka Boş boşqarmasida xizmat qilgan. 

Siyosiy karerasini 2005 yilda «Bratstvo» partiyasida boşlaydi. Öşa paytda Ukrainadagi «jigarrang» inqilobga qarşi çiqqan edi. 2009 yilda Odessa şahar kengaşining Primorskiy tumani ma’muriyati boşliği örinbosari böladi. 2018 yilda u Kramatorskdagi 872-mexanizatsiyalaşgan brigadada razvedkaçi bölib xizmat qilgan va duşman hududiga 33 ta jangovar çiqiş qilganini aytadi. 

2020 yilda Arestoviç UPD rahbari Andrey Yermakning milliy xavfsizlik va mudofaa sohasidagi strategik kommunikatsiyalar böyiça ştatdan taşqari maslahatçisi etib tayinlandi. 2022 yil boşida Arestoviç siyosatni tark etiş istagini e’lon qildi, ammo Rossiya bosqini boşlanişi bilan amalda hokimiyatning rasmiy spikeri böldi. 

U ukrainaliklarni vahima qilmaslikka çaqirgan videolari bilan yodda qolgandi. Vaqt ötişi bilan UPD maslahatçisining bayonotlari ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilina boşladi. X-22 raketasi e’lon qilinişidan bir neça kun oldin Arestoviç «yetarli jihozlangan piyodalar tayanç punkti» «Vagner» brigadasini bir yil uşlab turişi mumkinligi» haqida gapirdi. Bu Ukraina harbiylari ğazabiga sabab böldi. Maslahatçi frontdagi xabarlar haqida aniq ma’lumotlarga ega bölmasdan, oçiq manbalardagi axborotni ijodiy tafakkur qilişda ayblandi.