Ukraina Xavfsizlik xizmati Milliy politsiya bilan birgalikda Odessada Ukraina mudofaa kuçlari avtomaşinalariga öt qöyiş holatlarini sodir etgan bir guruh yoşlarni qölga oldi. Bu haqda 30 iyul, seşanba kuni «SBU» matbuot xizmati Telegram’da ma’lum qildi.

Aniqlik kiritilişiça, qölga olinganlar 18 yoşdan 24 yoşgaça bölgan olti nafar odessalik bölib, ular maşhur oziq-ovqat yetkazib beriş xizmatida kurer bölib işlagan. «SBU» ma’lumotlariga köra, Rossiya «FSB» buyruği asosida ular bir hafta içida 15 dan ortiq harbiy avtomobilni yöq qilişga uringan. 

Öt qöyuvçilarning rossiyalik kuratorlari

Bu şaxslar Telegram-kanallarining faol foydalanuvçilari sifatida oson pul izlab, öz «rezyumelarini» qoldirgan holda Rossiya razvedka xizmati e’tiboriga tuşgan, deyiladi «SBU» press-relizida. 

«SBU» fikriça, kurerlik yetkazib beriş niqobi ostida işlagan ayblanuvçilar özlarining skuterlarida şahar böylab harakatlanişgan va u yerda Mudofaa kuçlari maşinalari uçun töxtaş joylarini belgilaşgan. Keyin hujumçilar potensial nişonlarning fotosuratlarini «tasdiqlaş» uçun rus boşqaruvçisiga yuborgan. Yoşlar öt qöyiş holatlarini «hisobot beriş maqsadida» suratga olişgan.

Ukraina maxsus xizmati bayonotida aytilişiça, öt qöyganlar «issiq izida» qölga olingan. Ulardan qölbola öt qöyuvçi aralaşmalar va jinoyat alomatlari bölgan mobil telefonlar olib qöyildi.

Ukrainada harbiylar maşinalariga öt qöyilişi

Yoşlarga nisbatan Ukraina Qurolli kuçlari va boşqa harbiy tuzilmalarning qonuniy faoliyatiga tösqinlik qilganlik uçun jinoiy iş qözğatilgan. Ukraina qonunlariga köra, ular 8 yilgaça qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin.

10 iyul kuni «Vajnyye istorii» internet naşri darknetning rus tilidagi sahifalarida har bir qöporuvçilik uçun 1500-2000 dollar tölaş şarti bilan Ukraina harbiy maşinalariga öt qöyiş buyurtmalari e’lon qilinganini yozdi.