Ukraina Qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniy kelajakda iş uçun foydalanişi mumkin bölgan kabinetlardan birida ma’lumot oliş uçun texnik qurilma topildi. Bu xabar Ukraina xavfsizlik xizmati («SBU») tomonidan 17 dekabr, yakşanba kuni keçqurun tarqatildi.
Qayd etilişiça, gap generalning amaldagi kabineti haqida ketmayapti. «Dastlabki ma’lumotlarga köra, topilgan qurilma işlamay qolgan. Axborotni saqlaş yoki audioyozuvlarni masofadan uzatiş vositalari topilmadi», — deyiladi «SBU»ning Telegram’dagi postida.
Qurilma ekspertiza uçun taqdim etiladi, «SBU» xodimlari uşbu huquqbuzarlikni tekşiriş uçun qonunda nazarda tutilgan barça çoralarni körmoqda, deya aniqlik kiritdi maxsus xizmat. Keyinroq «SBU» mazkur holat yuzasidan «ma’lumot olişning maxsus texnik vositalarini noqonuniy egallaş, sotiş yoki ulardan foydalaniş» moddasi böyiça jinoiy iş qözğatilganini ma’lum qildi.
Zalujniy va uning xodimlari kabinetlarida yaşirin eşitiş qurilmalari
«Ukrainskaya pravda» internet-naşrining harbiy doiralardagi ismi oşkor etilmagan suhbatdoşlariga tayanib yozişiça, tinglaş moslamasi Ukraina Qurolli kuçlari boş qömondonining köçib kirişidan oldin tekşirilgan yangi kabinetida topilgan.
Naşrning yozişiça, tekşiruv vaqtida Valeriy Zalujniyning ayrim xodimlari kabinetlarida ham yaşirin eşitiş qurilmalari aniqlangan.

















