Monastirskiy o‘shanda yosh (tayinlov vaqtida 41 yoshda edi), huquq sohasida layoqatli (yuridik fanlar nomzodi) bo‘lgan, ammo Ukrainaning islohotdan oldingi huquq-tartibot tizimida hech qachon ishlamagan va siyosiy tajribaga ega bo‘lmagan.
Aytish mumkinki, Monastirskiy kabi odamlar prezident Zelenskiy qurishni rejalashtirgan mamlakatda katta istiqbolga ega edi.
Monastirskiy figurasi Ukraina hokimiyat tizimida, ayniqsa katta urush boshlanganidan keyingi davrda qanchalik tizimli bo‘lgani bahsli masala. Shunisi aniqki, o‘zidan avvalgi vazir, boshqaruv uslubi barcha hokimiyat vakolatlarini o‘z qo‘lida to‘plashni nazarda tutgan Avakovdan farqli o‘laroq, Monastirskiy lavozimdagi ilk kunidanoq uning idorasi qanoti ostidagi chegarachilar, favqulodda vaziyatlar xizmatlari va Milliy gvardiyaga maksimal darajada avtonomiya beradi.
Qulagan vertolyotda yana kimlar bo‘lgan?
Yevgeniy Yenin - Ukraina ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, u 2021 yil kuzida bu lavozimni egallagandi, o‘shanda 42 yoshda bo‘lgan. Unga qadar tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘lgan, shuningdek Ukraina xavfsizlik xizmatida ishlagan.

Ukraina xavfsizlik xizmati akademiyasi bitiruvchisi bo‘lgan Yenin o‘n yildan ortiq vaqt davomida diplomatlik qiladi, keyin uch yil davomida bosh prokurorga o‘rinbosarlik qilib, xalqaro hamkorlik masalalariga mas’ul bo‘ladi. Kiyevning Moskvaga qarshi xalqaro sud jarayonlari - Rossiya bosqinidan Ukrainaga yetkazilgan zarardan tortib, masalan, «skiflar oltini»ni qaytarishgacha bo‘lgan da’volargacha - uning sa’y-harakatlari bilan bo‘ladi.
Yenin shuningdek taniqli qochqinlarning Ukrainaga qaytarilishi va ekstraditsiyasi bilan shug‘ullangan, Kivning Xalqaro jinoiy sudlar bilan hamkorligini muvofiqlashtirgan.
Yuriy Lubkovich - Ukraina IIV davlat kotibi. Bu lavozimda 2021 yil noyabridan buyon ishlayotgandi. Ukraina hukumatida davlat kotibi lavozimi - vazirlik apparati ishini tashkillashtirish bilan shug‘ullanuvchi texnik mulozimdir.
IIV xodimlari: vazir yordamchisi, patronat xizmati boshlig‘i Tatyana Shutyak




















