Samarqand viloyati Kattaqörğon tumanida oila qurganiga bir oy ham bölmagan kelin-kuyov is gazidan vafot etgan. Bu haqda huquq faoli Abdurahmon Taşanov xabar berdi.
Hodisa 2023 yil 18 yanvar kuni Kattaqörğon tumani Oltinsoy qişloğida sodir bölgan.
Ma’lum bölişiça, tun yarmida gaz tarmoqdan uzilgan va qayta yoqilgan. Oqibatda, xonaga gaz sizib çiqqan va uyquda bölgan kelin-kuyov zaharlangan. Ular ertalab xonadonida ölik holda topilgan.
Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsuddinovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, kelin-kuyovning ota-onasi va yaqinlari jasadni kömib yuborgan va bu töğrisida huquqni muhofaza qiliş organlariga xabar bermagan.
Hozirda Samarqand viloyat prokuraturasi hodisa yuzasidan tekşiruv olib boryapti.
















