Bir tandagi ikki inson – siam egizaklarining 10 ta ajoyib hikoyasi
|22:54 / 23.01.202352 57710 min
Yaqinda Toşkentda siam egizaklarini tibbiy yöl bilan ajratib olişganini köpçilik qiziqiş bilan qarşi oldi. Bu noyob tibbiy amaliyot özbek şifokorlari tomonidan ilk marta amalga oşirilib, qirğizistonlik egizaklar ajratib olindi.
Bundan 36 yil oldin, 1987 yil 6 sentabrda şifokorlar birinçi marta siam egizaklarini ajratişga muvaffaq bölişgandi. Germaniyada boşlari birlaşgan holda tuğilgan ikki yetti oylik öğil bola ajratib olindi.
Keyin amerikalik neyroxirurg Benjamin Solomon Karson boşçiligidagi bir neça önlab jarrohlar guruhi deyarli bir kun davom etgan köp soatlik operatsiya davomida ilgari imkonsiz bölib tuyulgan narsaning mumkin ekanini isbotladi.
Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining statistik ma’lumotlariga köra, Yevropada 80 ming tuğilişdan bittasi siam egizaklarining tuğilişi bilan tugaydi, dunyoda esa 60 mingdan biri. Bunday egizaklarning katta qismi qizlar böladi.
Bunday çaqaloqlarning deyarli yarmi ölik tuğiladi. Siam egizaklarining taxminan 70 foizi birinçi oylarda vafot etadi. Biroq tarix siam egizaklari bir neça ön yillar davomida yaşagan holatlarini biladi. Ularning ba’zilari bilan quyida tanişamiz.
Çang va Eng Bunker
1811 yilda Siamda (hozirgi Tailand) tuğilgan va sirk artistlari sifatida butun dunyoga maşhur bölgan Çang va Ang Bunkerlar tufayli birlaşgan egizaklar siam egizaklari deb ataldi.
Çangva Eng Bunker 63 yil birga yaşaşdi
Aka-uka Bunkerlar bir-birining kökragi bilan birlaşdilar. Ular juda uzoq va muvaffaqiyatli hayot keçirişdi, hatto oila qurib özlaridan avlod qoldirişdi. Çangning önta, Engning ön bitta farzandi bor edi.
Mavzuga oid
Çang va Eng xotini va bolalari bilan
Ular 63 yoşida, bir kunda vafot etdilar: Çang pnevmoniyaga çalingan va tösatdan vafot etgan (boşqa versiyaga köra, u insultdan vafot etgan). Tirik qolgan ukasining hayotini saqlab qoliş uçun ajratiş operatsiyasini ötkazişga va’da bergan jarroh yölda keçikib qolgan. Eng ölgan egizagidan bir neça soatga uzoqroq yaşagan xolos.
Milli va Kristina Makkoy
Siam egizaklari Milliye va Kristina Makkoylar 1851 yilda Qöşma Ştatlardagi qullar oilasida tuğilgan. Qizlar sotilgan va bir egasidan ikkinçisiga meros bölib ötgan.
Milliye va Kristina Makkoylar bolaligida
Voyaga yetganida ular şouda qöşiq aytişni va raqsga tuşişni boşladilar. Ular “Ikki boşli bulbul” taxallusi ostida sahnaga çiqib, bitta qizni ifodalardi – lekin ikkita boş, törtta qöl va oyoqli. Opa-singil Makkoylar, aka-uka Bunkerlar singari, juda uzoq umr körişdi. 1912 yilda 61 yoşida bir neça soatlik farq bilan vafot etdilar.
Makkoy egizaklar spektakl paytida sahnada
Rose va Jozef Blazek
Bohemiyada (hozirgi Çexiya) siam egizaklari Roza va Jozef Blazek 1878 yilda tos böşliğida birlaşgan holda tuğilgan. Ular ham ijodiy kasbni tanladilar, lekin köp pul işlaşga muvaffaq bölişmadi.
1910 yilda ulardan biri öğil tuğdi. Şifokorlar tuğiş ikkala egizak uçun ham halokatli bölişi mumkinligini aytişadi, ammo hammasi yaxşi böladi. Opa-singil Blazek 1922 yilda deyarli bir vaqtning özida vafot etdi.
Opa-singil Blazek va ularning öğli
Violetta va Daisy Xilton
Siam egizaklari Daisy va Violetta Xilton 1930 yillarda Yevropa va Qöşma Ştatlar böylab uyuştirgan gastroli bilan katta muvaffaqiyat qozondi.
Violetta va Daisy Hilton bolaligida
Qizlar 1908 yilda tuğilgan, ular tos böşliğida birlaşgan, ammo ularning umumiy hayotiy organlari yöq edi. Bufetçi bölgan onasi qizlarini sirk egasiga sotib yuboradi. Opa-singil Hilton özlarining birinçi spektakllarini öynaşganda uç yoşda bölişgan.
1931 yilda ular “egalari”ni sudga berişni boşladi va oxir-oqibat uzoq kutilgan erkinlik va munosib miqdorda tovon puli olişdi. Şundan söng ular özlarining teatr tomoşalarini taşkil qilişdi.
Daisy va Violetta Hilton 1969 yilda vafot etgan. Daisy gripp asoratidan, egizagi undan bir neça kun keyin vafot etdi. Amerika matbuotining yozişiça, u şifokorlardan yordam söraşni istamagan.
Violetta va Daisy Hilton, 1927 yil
Maşa va Daşa Krivoşlyapova
Maşa va Daşa Krivoşlyapovalar erta bolalikda, NTV kanali kadrlari
Sovet Ittifoqining eng maşhur siam egizaklari — Maşa va Daşa Krivoşlyapovalarning taqdiri ança fojiali. Ular 1950 yilda Moskvada tuğilgan. Ularning onasiga dastlab yangi tuğilgan çaqaloqlarni körsatişni xohlaşmagan va bola vafot etganini xabar qilişgan. Hamşiralardan biri egizaklarni onasiga körsatgan. Oqibatda ayol aqldan ozib, uzoq vaqt davomida psixiatriya klinikasida davolanadi.
Maşa va Daşa Krivoşlyapovalar 53 yil yaşadilar
Egizak Krivoşlyapovalar onasi bilan faqat öttizdan oşganlarida uçraşişdi. Ota, şifokorlarning bosimi ostida, qizlari uçun ölim haqidagi guvohnomaga imzo çekadi, Maşa va Daşa şundan söng otasini heç qaçon körmagan.
Umrlarining köp qismini nogironlar uçun maxsus muassasada ötkazgan Krivoşlyapovlar köp yillar davomida SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasining Pediatriya institutida, keyin ilmiy-tadqiqot institutlaridan birida “öqigan”. Qizlarga tayoqçada harakatlanişni örgatişgan va ularga minimal ta’lim berişgan — aslida ular faqat hisoblaş, öqiş va yozişni örganişgan.
Ular voyaga yetganlarida spirtli içimliklarga qaramlikdan aziyat çekişganini yozişgan. Krivoşlyapovalar 2003 yilning bahorida vafot etdilar. Mariya yurak xurujidan, bir kundan kamroq vaqt ötgaç, Daria mastlikdan vafot etdi.
Ronni va Donni Galion
Ronni va Donni Galion bugungi kunda eng keksa siam egizaklari hisoblanadilar (ularning rekordi Ginnesning rekordlar kitobiga rasman kiritilgan). Ular 1951 yilda Amerikaning Deyton şahrida tuğilgan. Egizaklar dastlabki ikki yilni kasalxonada ötkazdilar. Bu vaqt davomida şifokorlar çaqaloqlarni beldan pastroqdan ajratiş yölini izlaşdi. Ularning ota-onalari xavflarni baholab, oxir-oqibat hamma narsani avvalgidek qoldirişga qaror qilişdi.
Ronni va Donni Galion ösmirlik davri
Ronni va Donni Galion tört yoşdan boşlab sirkda çiqiş qilib, pul işlay boşladi. Bolalikda ular köp tortişib qolişardi, hatto özlarini ajratişni talab qilişgan. Yillar davomida murosaga kelişni örgandilar va ular bitta tana va ikkita jonga ega ekanligiga könikib qolişdi. Ular özgalar yordamisiz juda yaxşi işlaydilar va öz uylarida yaşaydilar.
Ronni va Donni Galion 69 yoş
Lori va Dori Çappelle
Lori va Dori (Jorj) Çappelle 1961 yilda AQŞda tuğilgan, boşlari birlaşgan. Bundan taşqari, ular turli jinsda edilar: Dori qiz edi va tuğilganda Reba ismini oldi.
Lori va Jorj Çappelle. flickr.com
Çappelle egizaklari siam egizaklarining birinçi juftligi hisoblanadi. Ota-onalari ularni tuğilgandan köp ötmay taşlab ketişdi. Egizaklar hayotlarining dastlabki 20 yilini aqli zaiflar uçun maktab-internatda ötkazdilar. Ammo barça şifokorlar ularning aqli va aqliy qobiliyatlari yaxşi ekanini ta’kidlaşgan.
Çappelle egizaklarining hayoti juda yaxşi ötdi. Jorj juda maşhur qişloq rassomiga aylandi, Lori esa uning menejyeri böldi.
Zita va Gita Rezaxanov
2003 yilda Moskva şifokorlari tomonidan muvaffaqiyatli va juda oğir ajratiş operatsiyasini boşdan keçirgan Qirğizistonning kiçik Zita va Gita qişloğidagi siam egizaklari haqidagi hikoya butun Rossiya böylab maşhur böldi.
Egizak Rezaxanovalarning işi öziga xos edi, çunki ularning uçta oyoği va umumiy tos suyagi bor edi. Ayniqsa, ularni ajratiş qiyin edi. Şundan söng şifokorlar yöq oyoqning örniga protez oyoq qöyişdi.
Zita va Gita Rezaxanov
Zita va Gitaning taqdirini köp yillar davomida butun mamlakat kuzatib bordi. 2015 yilning kuzida soğliği yomonlaşgan Zita tuğilgan kunidan 10 kun ötib 24 yoşida vafot etdi.
Abigayl va Brittani Xensel
Egizak Xensel 1990 yil 7 martda AQŞning Minnesota ştatida tuğilgan. Abigayl va Brittani disefalik egizaklardir, ularning bir tanasi, ikkita boşi, ikkita qöli va ikki oyoği bor. Qizlar harakatlarni şu qadar yaxşi örgandilarki, ular yuriş, çopiş, suziş, velosiped haydaş va qöşnilarning sözlariga köra, hatto maşina haydaşga ham muvaffaq bölişdi.
Abigayl va Brittani Xensel
Şahar aholisi bu ğayrioddiy opa-singillariga örganib qolgan. Ular butunlay boşqaça xarakter va sevimli maşğulotlariga ega, lekin ayni paytda ular bir-birlari bilan juda yaxşi munosabatda bölişadi. Qizlar oddiy yoşlar dökonida kiyim sotib olişadi va keyin ularni öziga moslab özgartirişadi.
Şivanat va Şivram Saxu
2001 yilda Hindistonning kiçik bir qişloğida tuğilgan siam egizaklari Şivanat va Şivram Saxu qişloq aholisi orasida katta şov-şuvga sabab böldi. Köpgina mahalliy aholi öğil bolalar Buddaning timsoli ekaniga hali ham işonişadi.
Şivanat va Şivram Saxu
Bir neça yil oldin şifokorlar aka-ukalarni beldan ajratişni taklif qilişganda, ota-onalar rad etişdi — asosan xurofiy sabablarga köra. Saxu egizaklarning ikki oyoği, tört qöli va bir oşqozoni bor. Hayotlarining 15 yilida ular öz tanalarini mukammal boşqarişni, yuvinişni, ovqatlanişni, tengdoşlarining öyinlarida qatnaşişni örgandilar.