NTV telekanalining uruş muhokamasiga bağişlangan navbatdagi soniga internetdagi u haqda ma’lumotlarda Toşkentda tuğilgani aytiladigan Duma sobiq deputati Boris Nadejdin ham taklif qilindi. U uruşni boşlaşning özi xato bölgani, aynan uruş sabab Ukrainada nafaqat Rossiya prezidenti Putinni, balki boşqa rossiyaliklarni ham yomon körib qolişganini aytdi.
«Buni (uruşni) boşlaş qançalik dahşatli xato bölgani endi Putinning öziga ham körinmoqda. Boşidan bu kolonial uruşga aylanib ketişi aniq edi. Bu nima degani? Aytaylik, Rossiya degan ulkan davlatda odamlar jimgina yaşab yurgan, restoranga borayotgan, teatrga, futbolga tuşayotgan, çet elga sayohat qiliş uçun borayotgandi, hammasi ajoyib edi, şundaymi?
Ular (Kremldagilar) şunday reja qilişgandi: şartnoma asosida xizmat qilayotganlar, rosgvardiyaçilar va boşqalarni Ukrainaga yuboramiz, Ukraina armiyasi parçalanadi, Zelenskiy qörqib Ğarbga qoçib ketadi, [uning örniga] Medvedçuknimi Yanukoviçnimi qöyamiz, tamom. Şunday öylaşgandi, töğrimi yöqmi?» dedi sobiq Duma deputati Rossiyaning birlamçi rejalari haqida öz fikrlarini bildirar ekan.
Nadejdinning bu sözlari körsatuv boşlovçisi va qolgan iştirokilarda isterika keltirib çiqardi. Ular tinimsiz Nadejdinning sözini bölişga intilib, gaplarini baland baqirib inkor qilişdi. Şu vaqt studiyadan «Siz bu rejani kördingizmi?» degan savol tuşdi. «Tinçlaning, hammasi şundayligi körinib turibdi», dedi sobiq deputat sözidan töxtamay.
«Ha, frontning Zaporijjya va boşqa yerlarida oldinga siljiş bordir, lekin buning evaziga nima olindi? Butunlay yakson bölgan Ukraina şaharlari. Mariupol yöq bölib ketdi hisob, Grozniyga öxşab. Millionlab ukrainaliklar qoçoqqa aylandi, Rossiyaga ham millionlab qoçoqlar kelişdi. Bir söz bilan aytganda ulkan gumanitar dahşat yuzaga keldi.
Keyin-çi? Şartnoma asosida xizmat qiladiganlar va rosgvardiyaçilar bilan eplab bölmasligi oydinlaşgaç, minglab mahbuslar yiğib olindi. Putin boşidan bu arzimagan «maxsus harbiy amaliyot» ekaniga işontirmoqçi böladi, ammo yangi yilda u odamlarga tabrik yöllar ekan, butun boşli katta uruşning harbiy qömondoni kabi atrofida harbiylar bilan murojaat qildi.
Hammasi nima bilan tugaydi? Heç kim bilmaydi. Şaxsan men Ukraina Rossiyani egallaşi, Kreml qamal qilinib, Putin qoçib ketişiga işonmayman. Ammo Rossiya armiyasi kuç bilan Kiyevni egallaşiga işona olaman. Qanday qilib deysizmi? Bu uçun, örtoq Z-patriotlar, Ukrainaning million kişilik armiyasini yengiş uçun töliq safarbarlik e’lon qiliş kerak. Bir neça million rus erkaklarini qurollantiriş, mamlakatdan çiqişni taqiqlab, butun iqtisodiyotni uruşga qaratiş kerak.

















