Toşkent viloyatining Toşkent tumanida çaqiruv asosida kelgan tibbiyot xodimiga xonadon egasi tomonidan jarohat yetkazildi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 23 yanvar kuni soat 16:30 larda Toşkent tumani TTYoB erkak xodimlari (şifokor va feldşer) xizmat vaqtida kelib tuşgan çaqiruvga asosan, tuman «Qoraböriq» MFYga yetib borgan.
Xonadonda yiqilib tuşib, jarohat olgan bemor ayolga birinçi tibbiy yordam körsatilayotgan vaqtda, ayolning öğli (1999 yilda tuğilgan O‘.A.) kirib kelib, nega ayol hamşira kelmadi, deb janjal qilgan.
Şunga qaramay, tibbiyot xodimlari xizmat vazifasini bajargan va zaruratga köra bemorni şifoxonaga olib borgan.
Şu vaqtda bemorning öğli kelib, tuşuntirişlarga qaramay, janjalni davom ettirgan va feldşer — 1993 yilda tuğilgan U.U.ni urib, tan jarohati yetkazgan. Uning olgan tan jarohatlari böyiça tibbiy ekspertiza tayinlangan.
O‘.A. IIB xodimlari tomonidan protsessual tartibda uşlangan, holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, Toşkent tumani IIB tomonidan tergov-suriştiruv işlari olib borilmoqda.

















