Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent viloyatining Toşkent tumanida çaqiruv asosida kelgan «Tez yordam» xodimiga xonadon egasi tomonidan jarohat yetkazilgani haqida xabarlar tarqalgandi.  Vazirlik öz xodimini kaltaklagan fuqaroga jinoyat işi qözğatilib, protsessual tartibda uşlanganini ma’lum qildi.

«Aniqlanişiça, joriy yil 22 yanvar kuni soat taxminan 16:20 larda Toşkent tumani tez tibbiy yordam bölimiga Qoraböriq mahallasidan çaqiriq kelib tuşgan. Şundan söng soat 16:30 larda TTYo brigadasining erkak xodimlari — şifokor M.M. va feldşer U.U. belgilangan manzilga yetib borgan.

Xonadondagi muzlamada yiqilib, çap qöl suyagi yopiq sinişi jarohatini olgan bemor ayolga «103» brigadasi tomonidan darhol birinçi tibbiy yordam körsatilgan. Şu vaqtda uning 1999 yilda tuğilgan öğli O‘.A. xonadonga kirib kelib, «nega ayol hamşira kelmadi», deya kurakda turmas sözlar bilan tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini haqorat qilgan.

Şunga qaramay, tibbiyot xodimlari xizmat vazifasini bajargan va bemorni şifoxonaga olib borgan.

Şu vaqtda ayolning öğli kelib, janjalni davom ettirgan va feldşer — 1993 yilda tuğilgan U.U.ni kaltaklab, unga jiddiy tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda jabr körgan «Tez yordam» xodimi Toşkent tibbiyot akademiyasi köp tarmoqli klinikasiga olib borilgan. Tekşiruvlar natijasida u «Boş miya yopiq jarohati, boş miya çayqalişi, öng tomon yonoq sohasi kökargan jarohati, öng tomonlama yonoq sohasi va periorbital sohaning teriosti gematomasi» taşxisi bilan şoşilinç neyroxirurgiya bölimiga yotqizilgan. Hozir bemor belgilangan standartlar asosida tibbiy muolajalarni olmoqda», deyiladi xabarda.

Soğliqni saqlaş vazirligi mazkur holatni öz nazoratiga olgan. Şuningdek, vaziyatga qonun doirasida huquqiy baho berilişi uçun barça zarur çoralarni körmoqda.

Ayni paytda 24 yoşli fuqaro O‘.A. içki işlar organlari tomonidan protsessual tartibda uşlangan, holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov-suriştiruv işlari olib borilmoqda.