Davlat tashkilotlarida 17 447 ta shtat birligi qisqartiriladi
Prezident farmoniga ko‘ra, vazirlik va idoralardagi shtat birliklari soni 24 foizga qisqaradigan bo‘ldi. Xususan, rahbar o‘rinbosarlari soni 207 tadan 144 taga kamayadi. 703 ta avtotransport va 10 ta bino bo‘shamoqda. Nobudjet mablag‘laridan qo‘shimcha boshqaruv shtatlarini kiritish qat’iyan taqiqlandi.

Foto: Getty Images
Bugun, 25 yanvar kuni “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” prezident farmoni imzolandi.
Unga ko‘ra, vazirlik va idoralarda budjet va nobudjet mablag‘laridan moliyalashtiriladigan jami 17 447 ta boshqaruv va ishlab chiqarish shtat birliklari qisqartirilmoqda (umumiy songa nisbatan 24 foiz).
Shu jumladan, vazirlik va idoralar rahbarlari o‘rinbosarlari soni 207 nafardan 144 nafargacha (-63) yoki 30 foizga qisqartirilmoqda.
Shuningdek, dastlabki hisob-kitoblarga muvofiq, 703 ta avtotransport vositasi va 10 ta bino bo‘shamoqda.
Mazkur chora-tadbirlar natijasida:
- shtatlar sonini qisqartirish hisobiga 1,5 trln so‘m;
- avtotransport vositalari sonini qisqartirish hisobiga (shu jumladan, yoqilg‘i-moylash, shinalarni almashtirish xarajatlari) 70 mlrd so‘m budjet mablag‘lari iqtisod qilinmoqda.
Vazirlik va idoralarda xodimlarning umumiy cheklangan soni 56 573 nafar etib belgilanmoqda.
Vazirlik va idoralarning nobudjet mablag‘laridan qo‘shimcha boshqaruv shtatlarni kiritish qat’iyan taqiqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy Rossiyaning yana bir loyihasini rad etdi
Jahon | 12:53
-
«Yashil energiya» sertifikatlarini berish tartibi o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 12:51
-
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46
-
Ayrim hududlarda harorat nol darajagacha pasayadi. Bog‘dorlar va dehqonlar nima qilishi kerak?
O‘zbekiston | 12:35
Mavzuga oid

14:41 / 16.04.2025
Qurilish inspeksiyasi mustaqil organga aylantiriladi

10:58 / 02.04.2025
Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etiladi

16:43 / 01.03.2025
Milliy statistika qo‘mitasi tashkil etilmoqda

21:41 / 19.02.2025