25 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:33 da Vengriyaning WizzAir aviakompaniyasi samolyoti Toşkentga kelib qöndi. 

Airbus A321 neo samolyoti Özbekistonga yangi — Abu-Dabi — Toşkent — Abu Dabi parvoz yönalişini oçdi. Ekipaj va yölovçilar terminalda tantanali ravişda kutib olindi.

Töğridan töğri muntazam reyslar A320/321 samolyotlarida haftasiga uç marta — duşanba, çorşanba va juma kunlari amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Uşbu yönalişdagi çiptalar narxi bir tomonga 45 dollardan boşlanadi (bagajsiz, örin topilişiga qarab).

2022 yil dekabr oyidan boşlab WizzAir Samarqand aeroportiga haftasiga ikki marta — seşanba va şanba kunlari parvozlarni amalga oşirib kelmoqda.

WizzAir — 2003 yilda taşkil etilgan Vengriyaning arzon narxlardagi aviakompaniyasi. 2022 yil iyul holatiga köra WizzAir aviaparki örtaça yoşi 5,3 yil bölgan 141 ta Airbus samolyotidan iborat edi.