26 yanvardan boşlab «Farğona – Quvasoy – Qizil-qiya» xalqaro yönalişida mikroavtobus qatnovi qayta tiklandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
«Farğona va Qirğizistonning Botken viloyatidagi Qizil-qiya şahri örtasida amalga oşiriladigan uşbu qatnov ikki çegaradoş davlat örtasidagi aloqalar uçun muhim yönalişlardan biri hisoblanadi», deyiladi xabarda.
Bu qatnov 2020 yilda koronavirus pandemiyasi tufayli töxtab qolgan edi.
Qayd etilişiça, Qirğizistonning «Qizil-qiya PATP» va Özbekistonning «Daewoo Trans Servis» korxonasi tomonidan amalga oşiriladigan qatnov yönalişi umumiy masofasi 39,5 km ni taşkil etadi. Yölkira narxi 12 ming söm etib belgilangan.
Mikroavtobuslar Qizil-qiya va Farğonadan tongi soat 7:20 da harakatni boşlaydi.

















