Toşkent şahar hokimi vazifasini bajaruvçi Baxtiyor Rahmonov muhim lavozimlardagi kadrlarni almaştirişni boşladi. Joriy haftada 2 ta davlat unitar korxonasi rahbari almaştirildi.

16 yanvar kuni, Jahongir Ortiqxöjayev işdan olingan kunda, uning hokimligi davrida hokim yordamçisi lavozimida işlab kelgan Muzaffar Abdurahmonov bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan edi.

23 yanvar kuni esa Baxtiyor Rahmonovning tegişli qarori bilan «Toşşaharnur» davlat unitar korxonasi rahbari Umidbek Rajabovning «öz xohişi bilan» işdan böşaş töğrisidagi arizasi qanoatlantirilgan. Uning örnini Şomansur Ahmedov egallagan.

7 dekabr kuni Umidbek Rajabovga «öz vazifasiga mas’uliyat bilan yondaşmagani» uçun hayfsan berilgandi.

Şuningdek, 25 yanvar kuni Toşkent şahar hokimligi qoşidagi «Yagona buyurtmaçi xizmati injiniring kompaniyasi» davlat unitar korxonasi rahbari Rahmatillaxöja Qöçqorov işdan olingan. Qarorda u ham «öz hohişiga köra» lavozimdan ozod etilgani aytiladi. Qöçqorov örniga Sobirjon Oripov tayinlangan.

Eslatib ötamiz, Jahongir Ortiqxöjayev qiş mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik körmagani uçun 16 yanvar kuni işdan olinib, uning birinçi örinbosari Baxtiyor Rahmonov Toşkent şahar hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangandi.