Hindiston harbiy-havo kuçlarining ikkita samolyoti 28 yanvar, şanba kuni mamlakat poytaxti Nyu-Dehlidan 300 kilometr uzoqlikda halokatga uçradi, deb xabar bermoqda AFP va Reuters agentliklari mahalliy politsiyaga tayanib. AFP suhbatdoşlariga köra, uşbu samolyotlarning maşğulotlar vaqtida havoda töqnaşib ketişi hodisaga sabab bölgan bölişi mumkin.

Politsiya vakilining ta’kidlaşiça, samolyotlardan birining qoldiqlari joylaşuvi allaqaçon aniqlangan, jarohatlangan uçuvçi esa Hindistonning markaziy qismidagi Madxya-Pradeş ştati Pahadgarx qişloği yaqinidagi örmonda topilgan. Ikkinçi samolyot qoldiqlarini qidiriş davom etmoqda.

Ayni paytda, Hindiston harbiy-havo kuçlari matbuot xizmati Gvalior şahri yaqinida ikki qiruvçi bilan boğliq hodisa haqida xabar berdi. Uç uçuvçidan biri halok bölgan.

The Hindustan Times gazetasining yozişiça, harbiy-havo kuçlari tekşiruv boşlagan va jangovar samolyotlarning havoda töqnaşuvi versiyasini tekşirmoqda. Madxya-Pradeş ştati rasmiylariga köra, gap Su-30 va Mirage qiruvçilari haqida ketmoqda. Ulardan birinçisi bortda ikki uçuvçi, keyingisi bortida bir uçuvçi bor edi. Mirage samolyoti halokatga uçragan joydan olingan videoni Gwalior Diaries yangiliklar portali e’lon qildi.

Bu Hindiston harbiy-havo kuçlari bilan boğliq sönggi paytlarda sodir bölgan birinçi aviahalokat emas, deya xabar beradi AFP. 2022 yil oktyabr oyida Xitoy bilan çegarada joylaşgan Arunaçal-Pradeş ştatida vertolyot qulaşi oqibatida beş askar halok bölgan edi. Undan bir neça hafta oldin xuddi şu ştatda Tavang şahri yaqinida yana bir harbiy vertolyot qulab, uçuvçisi halok bölgan.

2021 yil dekabr oyida mamlakat janubidagi Tamilnadu ştatida Rossiyada işlab çiqarilgan Mi-17 vertolyotining qulaşi natijasida Hindiston Mudofaa ştabining öşa paytdagi rahbari general Bipin Ravat va yana 12 kişi şu jumladan, uning xotini ham halok bölgan.