Sirdaryoda 5 gektar yerni 40 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi ushlandi
Sirdaryoda 5 gektar yerni 40 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.

Foto: Videodan kadr
Sirdaryo tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi ukasi bilan o‘zaro til biriktirib, Sayxunobod tumani hududidagi 5 gektar yer maydonini tegishli tashkilotlardagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming AQSh dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Guliston shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ular oldindan 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Aniqlanishicha, mazkur 5 gektar yer maydoni 2020 yilda viloyat hokimligi bayonnomasi asosida daryo o‘zanini tozalash, qirg‘oqlarini mustahkamlash va qum-shag‘al qazib olish maqsadida istisno tariqasida, auksion savdolariga qo‘yilgunga qadar foydalanish uchun Sirdaryo tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimiga qarashli MChJga biriktirilgan. 2022 yilda viloyat hokimligining tegishli bayonnomasi bilan ushbu biriktiruv bekor qilingan.
Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kolumbiyada saylovoldi mitingida chiqish qilayotgan senatorga suiqasd uyushtirildi - video
Jahon | 16:02
-
Tramp Los-Anjyelesga Milliy gvardiya askarlarini yubormoqda
Jahon | 15:59
-
O‘zbekistonda dorilar Qozog‘istonga qaraganda qimmat – farmatsevtika bozoriga qanday omillar ta’sir qilyapti?
O‘zbekiston | 15:50
-
WSJ: Pentagon yillar davomida NUJ haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatib kelgan
Jahon | 15:06
Mavzuga oid

11:15 / 05.06.2025
Vengriya Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etadi

00:08 / 04.06.2025
Toshkentga 361 kg eshak go‘shtini olib ketayotgan Lacetti to‘xtatib qolindi

16:47 / 02.06.2025
Tojikiston, O‘zbekiston va Qozog‘iston «Bahri Tojik» suv omboridan birgalikda foydalanadi

07:53 / 30.05.2025